Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 16:38 / 09.05.2015
4480
1 daqiqa o‘qiladi
Iroq qamog‘ida kelib chiqqan to‘polonda 60 kishi o‘ldirildi
Iroq sharqidagi qamoqxonalarning birida kelib chiqqan to‘polonda 60dan ortiq odam halok bo‘ldi.
RIA Novosti agentligining ma'lum qilishicha, qamoqdagilar qochishga harakat qilgan, politsiyachilar esa ularni to‘xtatib qolgan. Kelib chiqqan kurashda 50tacha mahbus va 12 nafar politsiya xodimi halok bo‘lgan. Bir qancha mahbus qochib ketishga muvaffaq bo‘lgan.
Ilgari halok bo‘lganlar soni 30 nafar ekanligi ma'lum qilingan.
Xoris qamoqxonasida terrorchilikda ayblanayotgan bir necha yuz mahbus saqlanadi.