Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 09:13 / 09.05.2015
2554
1 daqiqa o‘qiladi
Iroqda masjid oldida sodir etilgan ikkita portlash oqibatida 17 kishi halok bo‘ldi
Iroqning sharqida joylashgan shialar masjidida sodir etilgan terakt oqibatida 17 kishi halok bo‘ldi, 37 kishi jarohat oldi, deb xabar berdi Reuters axborot agentligi.
Bu haqda politsiya vakillari xabar berdilar. Qayd etilishicha, portlash odamlar masjiddan chiqib kelayotgan paytda sodir etilgan.
Portlovchi qurilma masjid yoniga qo‘yilgan mashina ichida bo‘lgan. Birinchi portlashdan keyin terrorchi-xudkush ikkinchi bombani portlatgan.