Jahon | 06:28 / 09.05.2015
9208
2 daqiqa o‘qiladi

Islom Karimov 8 mayda Moskvada MDH davlatlari rahbarlarining uchrashuvida ishtirok etdi

8 may kuni Kremlda MDHga a'zo davlatlar rahbarlarining norasmiy uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Kremlning rasmiy sayti xabar berdi.
Uchrashuv Ikkinchi Jahon urushidagi g‘alabaning 70 yilligiga bag‘ishlandi. Unda Rossiya, Belarus, Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘iziston, Tojikiston rahbarlari ishtirok etdi.


Rossiya yetakchisi Vladimir Putin kirish so‘zida barcha ishtirokchilarni sana bilan qutladi hamda ular bayram kunlari Rossiya xalqi bilan birga bo‘lgani uchun o‘z minnatdorchiligini bildirdi.
Bundan tashqari, u Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyevni saylovlardagi g‘alaba bilan tabrikladi. Ilgariroq O‘zbekiston prezidenti Islom Karimovni ham mana shunday natija bilan tabriklaganini eslab o‘tib, har uchala davlat o‘rtasidagi aloqalar yanada rivojlanib borishidan umidvor ekanligini ta'kidlab o‘tdi.
Uning so‘zlariga qaraganda, joriy yilda MDHda Qozog‘iston raisligida g‘alabani nishonlashga qaratilgan 60dan ortiq yirik tadbir amalga oshiriladi.
Putin so‘zining yakunida tarixiy xotirani birgalikda asrab, natsizm mafkurasining qayta bosh ko‘tarishiga yo‘l qo‘ymaslik zarur ekanligini qayd qilib o‘tdi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish