Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 16:10 / 09.05.2015
3180
1 daqiqa o‘qiladi
Moskvadagi “O‘lmas polk” yurishida 300 ming kishi ishtirok etdi
Moskvada Ikkinchi Jahon urushida qozonilgan g‘alabaning 70 yilligiga bag‘ishlangan tantanalar doirasida “O‘lmas polk” Qizil maydondan marsh bilan o‘tdi. Ushbu yurishda otalari va bobolari 1941-1945 yillarda millatchilarga qarshi kurashgan minglab Rossiya fuqarolari ishtirok etdi.
RIA Novosti agentligining ma'lum qilishicha, ushbu yurishda 300 ming nafar kishi ishtirok etdi. Vladimir Putin Ikkinchi Jahon urushida ishtirok etgan otasining portretini qo‘lda tutgancha, “O‘lmas polk” yurishiga boshchilik qildi.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish