Jahon | 11:56 / 09.05.2015
2316
1 daqiqa o‘qiladi

Moskvadagi yong‘inga qarshi vertolyotlar va yuzga yaqin o‘t o‘chiruvchi jalb qilingan

Moskvaning shimoli-sharqida kelib chiqqan yong‘in oqibatlarini bartaraf qilish va olovni to‘xtatish uchun voqea joyiga bir qancha o‘t o‘chiruvchi vertolyotlar hamda o‘t o‘chirish xizmatlarining 90 nafar vakili jalb qilindi.
Ma'lum qilinishicha, ayni paytda yong‘inga qarshi 25 texnika birligi kurashmoqda. Bular asosan Moskva aviatsiya markazi vertolyotlari hamda Favqulodda vaziyatlar vazirligi shaxsiy tarkibi tomonidan keltirilgan o‘t o‘chirish mashinalaridir.
Ayni paytda ikki qavatli omborxonaning 1000 kv. m maydoni olov bilan qoplangan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish