Jahon | 10:41 / 09.05.2015
2280
1 daqiqa o‘qiladi

Moskvadagi G‘alaba paradida sukut daqiqasi e'lon qilindi

Moskva shahrida Ikkinchi Jahon urushida qozonilgan g‘alabaning 70 yilligiga bag‘ishlangan parad bo‘lib o‘tmoqda. Tadbir Rossiyaning barcha asosiy telekanallari orqali yoritilmoqda.
Rossiya Mudofaa vaziri, armiya generali Sergey Shoygu Rossiya prezidenti, Oliy Bosh qo‘mondon Vladimir Putinga paradga hozirlik to‘g‘risida hisobot bergandan so‘ng davlat rahbari barcha ishtirokchilarni tabriklab, qisqacha nutq so‘zladi.
Shundan so‘ng u urushda halok bo‘lganlar xotirasiga sukut daqiqasi e'lon qildi.
9 may kuni Moskvadagi paradda Putin tomonidan sukut daqiqasi e'lon qilinishi Forbes jurnalida 6 may kuni ma'lum qilingan edi.

Fotogalereya: Moskvada G‘alaba paradi boshlandi

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish