Jahon | 06:36 / 09.05.2015
2405
1 daqiqa o‘qiladi

Moskvaga G‘alabaning 70 yilligiga Buyuk Britaniyadan Cherchillning nabirasi keladi

Ikkinchi Jahon urushi vaqtlarida Buyuk Britaniya hukumatini boshqargan sobiq bosh vazir Uinston Cherchillning nabirasi ser Nikolas Soums G‘alabaning 70 yilligi munosabati bilan Moskvada o‘tkaziladigan tantanalarda Buyuk Britaniya nomidan ishtirok etishdan juda mamnunligini aytdi.
“Moskvada bo‘lib o‘tadigan Ikkinchi Jahon urushi yakunlanganining 70 yilligiga bag‘ishlangan tantanalarda Buyuk Britaniya hukumati nomidan ishtirok etishim men uchun katta sharafdir. Biz tantanalarda ishtirok etish taklifini qabul qilamiz, chunki Rossiya va Buyuk Britaniya millatchilarga qarshi urushda ittifoqdosh davlatlar bilan birga yagona front bo‘lib harakat qilgan”, deb aytdi Nikolas Soums.
Soumsning aytishicha, uning bobosi “Rossiyaning natsistlarga qarshi kurashda qo‘shgan bebaho hissasini” yuqori baholagan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish