O‘zbekiston | 08:53 / 09.05.2015
3502
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonlik faxriylar Moskvadagi paradda ishtirok etadi

Ikkinchi Jahon urushida qozonilgan g‘alabaning 70 yilligiga bag‘ishlanib 9 may kuni Moskvada o‘tkaziladigan paradda o‘zbekistonlik urush faxriylari ishtirok etadi.
O‘zbekistonlik faxriylar, Oryol, Kursk i Bryansk shaharlaridagi janglarda qatnashgan Shuhrat Ordenining to‘la kavaleri Aleksandr Velichko, shuningdek, Zohid Murodov, Vladimir Yashkinlar paradda qatnashishi ma'lum bo‘ldi. Bu haqda Rossiyaning O‘zbekistondagi elchisi Vladimir Tyurdenev 70 yillik munosabati bilan urush va mehnat faxriylari uchun uyushtirilgan qabul chog‘ida ma'lum qildi.
Tabrik so‘zida Tyurdenev barcha urush va mehnat faxriylariga o‘z minnatdorchiligini bildirdi. Ushbu sananing keng miqyosda nishonlanishi O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi munosabatlarning yanada mustahkamlanishiga xizmat qilishini ma'lum qildi.
Tyurdenev O‘zbekiston hududida shakllantirilgan harbiy qismlar urush frontida mislsiz qahramonliklar ko‘rsatganini ta'kidlab o‘tdi. Jumladan, 120 ming nafar o‘zbekistonlik jangchi orden va medallar bilan taqdirlangan. 280 nafar O‘zbekiston fuqarosi Qahramon unvoniga sazovor bo‘lgani, 82 nafar jangchi Shuhrat Ordenining to‘la kavalerlariga aylangani eslatib o‘tildi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish