Sport | 22:08 / 09.05.2015
3304
1 daqiqa o‘qiladi

"Real Madrid" futbolchilari Nepalni qo‘llab-quvvatlovchi futbolkada maydonga tushdi

Ispaniya chempionati 36-turida "Real" o‘z uyida "Valensiya"ga qarshi kechgan uchrashuvda Nepalni qo‘llab-quvvatlovchi futbolkada maydonga tushishdi. 

Futbolkada 38080 raqamiga Unicef so‘zini yuborish so‘ralgan. Bu orqali to‘plangan mablag‘ Nepalga moddiy yordam sifatida yuboriladi. 

Hozirda 38080 raqamiga yuborilgan SMS'lar orqali to‘plangan mablag‘ 124 ming nafardan ortiq insonlarni ichimlik suvi hamda oziq-ovqat bilan ta'minlashga yordam bermoqda. 

Avvalroq, "Real Madrid" futbolchisi Krishtianu Ronalduning Nepalga 7 mln dollar miqdorda moddiy yordam qilgani haqida ma'lum qilingan edi

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish