O‘zbekiston | 19:06 / 09.05.2015
3554
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda gaz hisobi nazorati avtomatlashtiriladi

“O‘ztransgaz” AK Toshkent hamda Toshkent viloyatida tabiiy gaz hisobi nazoratini avtomatlashtirish borasidagi loyihani amalga oshirishni rejalashtirgan.

Loyiha doirasida 1,04 dona masofadan boshqariladigan  uskunalar, shuningdek, billing hamda aloqa sistemalari yaratiladi. Kompaniya bergan ma'lumotlarga ko‘ra, O‘zbekistonda har bir iste'molchiga o‘rta hisobda yiliga 3 ming kubometr tabiiy gaz to‘g‘ri keladi.

Ma'lumotlarga ko‘ra, loyiha 2016 yilda yakunlanadi va uning bahosi 217,3 mln dollar deb taxmin qilinmoqda.

Loyihani moliyalashtirish  O‘zbekiston Respublikasi tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi (100 mln dollar), savdo-sotiq banki kreditlari (52,1 mln dollar) hamda “O‘ztransgaz” kompaniyasining shaxsiy mablag‘i (65,2 mln dollar) evaziga amalga oshiriladi. 

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish