07:07 / 09.05.2015
2156

Yaman hukumati xusiylar bilan muzokara olib bormoqda

Yaman hukumati isyonchi xusiylar guruhi bilan tinchlik o‘rnatish borasida muzokaralar olib bormoqda. Bu haqda Sputnik agentligi xabar bermoqda.
Aytilishicha, muzokaralar Ummon hukumati vositachiligida amalga oshirilmoqda. Buning uchun Ummon prezidenti o‘rinbosari Holid Baxax maxsus Yamanga tashrif buyurgan.
Ilgariroq Saudiya Arabistoni tashqi ishlar vaziri Odil al-Jubayr 12 maydan Yamanda o‘t ochish besh kunga to‘xtatilishini ma'lum qilgandi.

Top