Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 13:10 / 10.05.2015
1855
1 daqiqa o‘qiladi
Gruziyadagi mehmonxonada kelib chiqqan yong‘inda uchta bola halok bo‘ldi
Gruziyaning Qora dengiz bo‘yida joylashgan Kobuleti shahridagi “Armazi” mehmonxonasida sodir bo‘lgan yong‘in natijasida uchta bola halok bo‘ldi. Bu haqda TASS agentligi xabar bermoqda.
Mahalliy boshqaruv organlari vakillarining ma'lumot berishicha, binodan 45 kishi evakuatsiya qilingan bo‘lib, ularning 31 nafari bolalardir. Ular Rustavi shahri ansambli a'zolari bo‘lib, Kobuletiga gastrol safari bilan tashrif buyurishgan.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish