09:55 / 10.05.2015
2814

Gvardiola murabbiylik tajribasida birinchi marta ketma-ket uch o‘yinda mag‘lub bo‘ldi

Myunxenning “Bavariya” jamoasi Germaniya chempionatining 32-turi doirasida “Augsburg”ga qarshi o‘tkazilgan uchrashuv doirasida 0:1 hisobida mag‘lub bo‘ldi.
Shu tariqa, Xosep Gvardiola murabbiylik tajribasida birinchi marta ketma-ket uch o‘yinda mag‘lub bo‘ldi. O‘tgan haftada u ichki chempionat doirasida “Bayyer”ga (0:2), Chempionlar Ligasida esa “Barselona”ga (0:3) yutqazgan edi.
Bundan tashqari, “Bavariya” 2000 yildan buyon ketma-ket uch marta “quruq” mag‘lubiyatga uchramagan edi. O‘shanda jamoa “PSJ” (0:1), “Ganza” (0:1) va “Energi”ga (0:1) ketma-ket imkoniyatni boy bergandi.

Top