Jahon | 15:53 / 11.05.2015
3050
1 daqiqa o‘qiladi

Afg‘oniston prezidenti Qozog‘istonga tashrif buyuradi

9 may kuni Qozog‘iston va Afg‘oniston tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasida siyosiy konsultatsiyalar o‘tkazildi. Bu haqda Qozog‘iston tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati ma'lumot berdi.

Qozog‘iston delegatsiyasiga tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Asqar Musinov, Afg‘oniston delegatsiyasiga uning hamkasbi Hikmat Karzay boshchilik qildi.

Uchrashuv chog‘ida ikki davlatning o‘zaro aloqalari istiqbollari muhokama qilindi. Ayniqsa 2015 yilning mayida Ostonada o‘tkaziladigan savdo va iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha 7-Hukumatlararo komissiya ishiga alohida e'tibor qaratildi.
Shuningdek, Afg‘oniston prezidenti Ashraf G‘ani Ahmadzay Qozog‘istonga tashrif buyurishi haqida so‘z yuritildi. Safar hukumatlararo komissiya ishi davriga mo‘ljallangan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish