05:19 / 11.05.2015
1818

Afg‘onistonda hukumat avtobusi portlashi oqibatida uch kishi halok bo‘ldi

Afg‘oniston poytaxti Kobulda hukumat avtobusining portlashi oqibatida uch kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Afg‘oniston Bosh prokuraturasidagi manbalarga iqtibos keltirgan holda Associated Press axborot agentligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, terakt oqibatida 18 kishi jarohat olgan.

Afg‘oniston Ichki ishlar vaziri halok bo‘lgan va jarohatlanganlar orasida ham davlat xizmatida bo‘lgan shaxslar, ham oddiy fuqarolar bo‘lganini ma'lum qilmoqda.

Hujum kunning ikkinchi yarmida, hukumat avtobusi xodimlarni o‘z uylariga eltib qo‘yayotganda amalga oshirilgan. Ma'lumotlarga ko‘ra, portlashni terrorchi-xudkush amalga oshirgan. “Tolibon” terrorchilik harakati teraktni amalga oshirganlik uchun javobgar hisoblanmoqda.

Top