Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 12:38 / 11.05.2015
2376
1 daqiqa o‘qiladi
Afg‘onistonda jangarilar qo‘lidan 19 tutqun ozod qilindi
Afg‘onistonda fevral oyida o‘g‘irlab ketilgan 30 kishidan 19 nafari ozod qilindi. Bu haqda Khaama Press agentligi ma'lum qilmoqda.
Fevral oyining oxirida Zobul viloyatida jangarilar avtobusga hujum qilib, 30 nafar odamni o‘g‘irlab ketgan edi. voqea Hirot-Kobul yo‘lida sodir bo‘lgan edi.
G‘azni viloyat kengashi raisi Holiqdod Akbariyning ma'lum qilishicha, bugun jangarilar 19 nafar tutqunni qo‘yib yuborgan. Ular bilan muzokaralar olib borishda Zobul viloyati kengashi raisi Otajon Haqbayon vositachilik qilgan.