Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh armiyasi “ko‘rinmas” formani sinab ko‘radi
AQSh qo‘shinlari yangi kamuflyaj kostyumlarini sinovdan o‘tkazadi. The Mail nashrining yozishicha, ushbu forma odamni jang maydonida deyarli ko‘rinmas qilib qo‘yadi. Sinov muddati bir yil davom etadi.
Forma maxsus metamaterialdan tikilgandir. Uni tayyorlashda nurni sindirib, elektrmagnit to‘lqinlarining yo‘nalishini o‘zgartiruvchi unsurlardan foydalaniladi. Natijada kiyim buqalamun singari turfa tusga kirib, atrof muhitning rangiga moslashadi. U rangni tezlik bilan almashtirish mumkin.
Ammo, shu bilan birga, material elektr quvvatiga muhtoj. Pentagonning talabiga binoan, formani ishlab chiqarganlar uning uchun maxsus akkumulyator yaratishi kerak. Akkumulyatorning og‘irligi 450 grammdan oshmasligi va u kamuflyajni 8 soat mobaynida quvvat bilan ta'minlab turishi kerak.