Jamiyat | 11:07 / 11.05.2015
2538
2 daqiqa o‘qiladi

AQShning O‘zbekistondagi elchisi 9 may kuni munosabati bilan bayonot yo‘lladi

AQShning O‘zbekistondagi elchisi Pamela Spratlen 9 may kuni munosabati bilan bayonot yo‘lladi. Bu haqda elchixona matbuot xizmati xabar bermoqda.

“Amerika Qo‘shma Shtatlari elchixonasi hamda Amerika xalqi nomidan siz va oilangizga G‘alaba kunining 70 yilligi munosabati bilan eng ezgu tilaklarimni yo‘llayman”, - deyiladi bayonotda.

“Jahon tarixidagi eng qayg‘uli urushlardan biri yakun topgan kunni nishonlar ekanmiz, biz albatta Ikkinchi Jahon Urushi davrida O‘zbekiston faxriylari qilgan qurbonliklarni ham yodga olamiz. Biz bu veteranlar xotirasi va jasoratini sharaflaymiz”, - deydi Spratlen xonim.

“Shuningdek, o‘zbek xalqi Ikkinchi Jahon Urushi yillarida ko‘rsatgan katta fidokorlikni chuqur hurmat qilamiz. Umidimiz shulki, dunyo bunday azob va uqubatlarni qayta boshdan kechirmaydi. Siz va farzandlaringiz kelgusi yillarda ham tinchlik, farovonlik va qadr-qimmatda yashashda davom etaversin”, - deyiladi AQSh elchisi bayonotida.

Qayd etish joiz, O‘zbekistonda 9 may Xotira va qadrlash kuni sifatida, MDHning aksariyat boshqa mamlakatlarida esa G‘alaba kuni sifatida nishonlanadi.

Ma'lumot uchun, 2015 yil 9 may kuni Ikkinchi jahon urushida gitlerchilar Germaniyasi ustidan qozonilgan G‘alabaga 70 yil to‘ldi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish