Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sport | 06:47 / 11.05.2015
1632
1 daqiqa o‘qiladi
Endi Marrey Madriddagi turnir finalida Nadalni mag‘lub etdi
Ispaniya poytaxti Madrid shahrida “Masters” seriyasiga kiruvchi yirik grunt turniri (Mutua Madrid Open) yakunlandi.
Mukofot jamg‘armasi 4,185,405 yevroni tashkil etuvchi musobaqaning bosh sovrini uchun dunyoning sobiq birinchi raketkasi ispaniyalik Rafael Nadal va britaniyalik Endi Marreyga kurash olib bordi.
Buyuk Britaniya vakili Endi Marrey 10 may kuni o‘tkazilgan bu o‘yinda ishonchli g‘alabaga erishdi. Ispaniyalik Rafael Nadal 6:3 va 6:2 hisoblarida mag‘lub etildi.
Shu tariqa Marrey o‘z faoliyatidagi 33-titulga ega bo‘ldi.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish