13:55 / 11.05.2015
1371

Hindistonda jarlikka avtobus qulashi oqibatida 23 kishi halok bo‘ldi

 

Hindiston shimolidagi Jammu-Kashmir shtati hududidagi tog‘ darasida avtobus halokatga uchradi. Bu yo‘l transport hodisasi natijasida 23 yo‘lovchi halok bo‘lgan va 25 kishi jarohatlangan. Bu haqda  Associated Press xabar berdi.

Ma'lum bo‘lishicha, 48-yo‘nalishdagi bu avtobus Udxampur shahriga ketayotgan bo‘lgan. Politsiya vakilining aytishicha, bu hodisaga harakatlanish uchun noqulay yo‘lda haydovchi nazoratni yo‘qotishi sabab bo‘lgan.

Ayni vaqtda jarohatlanganlar shifoxonaga olib borilgan.

Top