15:24 / 11.05.2015
5899

Islom Karimov: Rossiya va AQSh o‘zaro ishonchni tiklashga harakat qilishi lozim

Rossiya va AQSh o‘zaro ishonchni tiklash uchun barcha choralarni ko‘rishi zarur. Bu haqda O‘zbekiston prezidenti Islom Karimov MDH davlatlari rahbarlarining 8 may kuni Moskvada bo‘lib o‘tgan norasmiy uchrashuvidagi chiqishida aytib o‘tdi.

“Yetakchi mamlakatlar, birinchi navbatda, AQSh va Rossiya o‘rtasidagi o‘zaro ishonchga asoslangan munosabatlarni qayta tiklash kerak. Bu jihatdan, fikrimizcha, har bir tomon qo‘lidan kelgan ishni amalga oshirishi lozim”, - ta'kidlab o‘tdi davlat rahbari.
Shuningdek, u boshqa tomonlar ham ushbu masalani jiddiy o‘ylayotganiga ishonchi komil ekanligini qo‘shimcha qildi.

Top