10:28 / 11.05.2015
1180

Malayziya qirg‘oqlariga kelib qolgan myanmalik qochqinlar qutqarildi

Myanma sohillariga kelib qolgan mingdan oshiq myanmalik qochqin qutqarildi.
Kecha Myanmadan Malayziyaga bir necha kemada qochqinlar kelganini ma'lum qilgandik. Bugun ularning nazorat ostiga olingani ma'lum bo‘ldi.
Qochqinlarning 555 nafari bangol, 463 nafari roxinja etnosi vakillari ekanligi ma'lum qilinmoqda. Bu xalqlar Myanmada etnik kamchiliklarni tashkil qilib, ma'lum diskriminatsiyaga uchrab turadi.

Top