Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Moskva metrosi keyingi 5-6 yil ichida 1,5 baravar kengayadi
Moskva shahar hokimligi hududdagi metropoliten uzunligini bir yarim baravar uzaytirishni rejalashtirmoqda. Bu haqda RIA Novosti Moskva shahar hokimining shahar qurilish ishlari bo‘yicha o‘rinbosari Marat Xusnullin bergan ma'lumotga tayanib xabar bermoqda.
«80 yil ichida Moskva metrosi uchun 300 km. yo‘l va 185ta bekatlar qurildi. Keyingi rejalarimizda, besh-olti yil ichida uning uzunligini yana bir yarim baravarga oshirish bor», deya qayd qilib o‘tdi Xusnullin.
Mansabdor shaxsning so‘zlariga ko‘ra, dastlabki qurilish rejasiga 65 km. yo‘l va 30ta bekat loyihasi kiritiladi.