Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Moskvadagi “O‘lmas marsh” ishtirokchilari “bobo”larining portretlarini chiqindi qutiga tashlashdi
9 may kuni Moskvada Ikkinchi Jahon urushida qozonilgan g‘alabaning 70 yilligiga bag‘ishlab o‘tkazilgan “O‘lmas marsh”ning ko‘pgina ishtirokchilari, tadbir tugagach, qo‘llarida ko‘tarib yurgan suratlarni chiqindi qutilarga va ko‘chalarga tashlab ketgani aytilmoqda.
Ma'lumki, “O‘lmas marsh” jang maydonida shahid bo‘lganlar xotirasiga bag‘ishlab o‘tkaziladigan tadbirdir. Uning doirasida shahidlarning qarindoshlari ularning portretlarini qo‘lda ko‘targancha Qizil maydonda yurish o‘tkazishadi. Bu yilgi “O‘lmas marsh”ga Rossiya prezidenti Vladimir Putinning o‘zi boshchilik qildi.

Ammo, ijtimoiy tarmoqlarda va bloglarda paydo bo‘lgan fotosuratlarga qaraganda, marshdan so‘ng ko‘pchilik ishtirokchilar urushda shahid ketgan bobolarining suratlarini ko‘cha-ko‘yga tashlab ketgan. Bu holat qizg‘in muhokamaga sabab bo‘ldi. Ayrimlar buning past siyosiy madaniyat va o‘tmishga bo‘lgan hurmatsizlik oqibati deb baholasa, boshqalarning fikricha, bu aksiya ishtirokchilarining katta qismi soxta suratlar olib kelgan. Bu aksiyani ommaviy qilib ko‘rsatish uchun amalga oshirilgan siyosiy buyurtma ekanligi taxmin qilinmoqda.