Jahon | 12:36 / 11.05.2015
1842
1 daqiqa o‘qiladi

Polshadagi prezidentlik saylovida amaldagi prezident raqibidan 1.4 foizga kamroq ovoz to‘pladi

Kecha Polshada prezidentlik saylovlari o‘tkazildi. Unda amaldagi prezident Bronislav Komorovskiy 33.1 foiz ovoz to‘pladi. Uning asosiy raqibi, “Huquq va adolat” partiyasidan nomzodi ko‘rsatilgan Anjyey Duda 34.5 foiz ovoz to‘pladi. Shu tariqa, u Komorovskiyga nisbatan 1.4 foizga ko‘proq ovoz to‘plashga muvaffaq bo‘ldi.

Uchinchi natijani mustaqil nomzod Pavel Kukiz qayd qildi (20.5 foiz). Nomzodlar ulardan sezilarli darajada ortda qolmoqda.
IPSOS o‘tkazgan so‘rovnoma natijalariga ko‘ra, saylovda ovoz berish huquqiga ega fuqarolarning 48.8 foizi ishtirok etgan. So‘rovnoma saylov uchastkalarining 90 foizida o‘tkazilgan. Markaziy saylov komissiyasining mahalliy TVP Info telekanali orqali ma'lum qilishicha, rasmiy natijalar seshanba kuni e'lon qilinadi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish