Sport | 16:48 / 11.05.2015
2069
2 daqiqa o‘qiladi

Rustam Qosimjonov Ozarbayjondagi “Nakhchivan Open-2015” turnirida 10-o‘rinni egalladi

Ozarbayjonning Naxichevan shahrida o‘tkazilgan “Nakhchivan Open-2015” festivali yakuniga yetdi. Bu haqda O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Eng kuchli grossmeysterlar jam bo‘lgan “A” guruhida ishtirok etgan hamyurtimiz, jahonning 17-chempioni Rustam Qosimjonov 9 partiyaning 3tasida g‘alaba qozonib, qolgan 6 uchrashuvda durang natijani qayd etdi. Shu tariqa, to‘qqiz imkoniyatdan olti ochko jamg‘argan Rustam Qosimjonov 66 nafar shaxmatchi orasida o‘ninchi o‘rinni egalladi.

Musobaqada g‘oliblik mezbonlar vakili Eltaj Safarliga nasib etdi. Ozarbayjonlik grossmeyster 9 uchrashuvda 7 ochko jamg‘ardi. Xuddi shuncha ochkoni kumush medal sovrindori Qodir Guseynov (Ozarbayjon) qo‘lga kiritdi. Gruziyalik grossmeyster Levan Pantsuliya 6,5 ochko bilan uchinchi o‘rinni egallagan bo‘lsa, bir yo‘la 9 nafar shaxmatchi oltitadan ochko jamg‘arishga muvaffaq bo‘lgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish