Sport | 15:24 / 11.05.2015
1358
1 daqiqa o‘qiladi

Xosep Gvardiola "Bavariya"da qolishini ta'kidladi

"Bavariya" jamoasi bosh murabbiyi Xosep Gvardiola yozgi transferlar vaqtida boshqa jamoaga o‘tib ketmoqchi emasligini ma'lum qildi.

"Jamoada qolishimni 200 million marta takrorladim. Hech qayerga ketmayman, gap tamom. Menda hali myunxenliklar bilan yana bir yillik shartnoma mavjud. Keyingi mavsumda ham shu yerda bo‘laman", deb ma'lum qildi Gvardiola.

Biroz oldinroq, Gvardiola "Manchester Siti"ga o‘tishi haqida xabarlar tarqalgandi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish