14:49 / 12.05.2015
2533

“O‘zbekneftegaz” gaz hisoblagichlari tizimi uchun 217 mln dollarlik tender e'lon qildi

“O‘zbekneftegaz” milliy xolding kompaniyasi tabiiy gaz uzatilishini masofadan hisobga olish va nazorat qilish tizimlari uchun tender e'lon qildi. Bu hadqa xolding kompaniyasining e'loni tarqatildi.

Tenderning umumiy qiymati 217 mln dollarni tashkil qiladi. Tender g‘olibi Toshkent shahri va viloyatida bo‘ylab jami 1.04 mln dona tabiiy gaz uzatilishini masofadan hisoblash va nazorat qilish uskunalarini o‘rnatish bo‘yicha loyihani amalga oshirishi talab qilinadi. Tender bo‘yicha takliflar 8 iyunga qadar qabul qilinadi, yakunlari esa joriy yilning uchinchi choragida e'lon qilinadi.

Loyiha ikki yil ichida amalga oshirilishi kutilmoqda.
217 mln dollarlik loyiha O‘zbekiston tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi (100 mln), “O‘zbekneftegaz”ning o‘z imkniyatlari (65.2 mln), tijorat banklari kreditlari (52.1 mln) hisobiga moliyalashtiriladi.

Top