13:40 / 12.05.2015
1484

Azar jurnalistlar talqini bo‘yicha APLda mavsumning eng yaxshi o‘yinchisi deb topildi

 "Chelsi" jamoasining belgiyalik futbolchisi Eden Azar mavsum yakunlariga ko‘ra angliyalik jurnalistlar uyushmasi (FWA) tomonidan mavsumning eng yaxshi futbolchisi sifatida tanlandi.

Belgiyalik futbolchiga so‘rovnomada 53 foiz ovoz berilgan. Undan keyingi o‘rinlarda esa "Tottenxem" hujumchisi Xarri Keyn va "Chelsi" himoyachisi Jon Terri qayd etilgan.

Biroz oldinroq, Azar Angliya futbolchilar uyushmasi (PFA) tomonidan ham eng yaxshi futbolchi deb topilgandi.

Top