Sport | 05:18 / 12.05.2015
2061
1 daqiqa o‘qiladi

"Chelsi" braziliyalik 19 yoshli yarimhimoyachi Natan de Souza bilan shartnoma imzoladi

Braziliyaning "Atletiko Paranaense" jamoasining 19 yoshli futbolchisi Natan de Souza Londonning "Chelsi" jamoasi a'zosiga aylandi.

"Chelsi" bu futbolchi uchun 7 mln yevro sarflagani aytilmoqda.

"Orzuim amalga oshdi! Birinchi navbatda tangrimga yo‘limni ochgani uchun shukr qilaman. Shuningdek, mening iqtidorimni ko‘ra olgan va to‘g‘ri baholay olgan otamga, har qanday kunimda yonimda bo‘lgan va qo‘llab-quvvatlagan oila a'zolarim va do‘stlarimga rahmat aytaman. Qolaversa, "Atletiko Paranaense"da o‘tkazgan 6 yilim uchun jamoaning barcha xodimlari va rahabarlaridan minnatdorman. "Chelsi"dagilarga ham ishonch uchun rahmat. Bu ishonchni oqlash uchun bor kuchim bilan harakat qilaman. Biz birgalikda yangi yutuqlarga erishamiz, deb umid qilaman", deb yozadi Natan de Souza o‘z instagramida.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish