Sport | 23:07 / 12.05.2015
2307
2 daqiqa o‘qiladi

Frants Bekkenbauer: “Messisiz “Barselona” shunchaki bir oddiy jamoadir"

Myunxenning “Bavariya” klubi faxriy prezidenti Frants Bekkenbauer “Barselona” hujumchisi Lionel Messining klubdagi o‘yini haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

“Messi – aqlbovar qilmas darajadagi ajoyib o‘yinchi. Oxirgi oylarda u o‘zining eng yaxshi jismoniy holatiga erishdi.

“Barselona”ning o‘yini aynan u va faqatgina unga bog‘liqdir. Usiz “Barselona” shunchaki bir oddiy jamoadir.

Bu ikki yil oldin, “Bavariya” “Barselona”ni tor-mor qilganda ham o‘z isbotini topgandi. O‘shanda Messi yaxshi o‘yin ko‘rsata olmagandi”, deb aytmoqda Bekkenbauer.

Eslatib o‘tamiz, bugun 12 mayda “Barselona” va “Bavariya” klublari Chempionlar Ligasining yarimfinalida javob uchrashuvini o‘tkazadilar. Birinchi uchrashuvda kataloniyaliklar myunxenliklar ustidan 3:0 hisobida yirik g‘alabaga erishgandilar. 

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish