Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kanada Ukrainaga demokratiyani rivojlantirish uchun 25 mln dollar ajratadi
Kanada Ukrainaga demokratiyani rivojlantirish va insonparvarlik maqsadlari uchun 30 mln Kanada dollari (25 mln AQSh dollari) ajratadi. Bu haqda Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko matbuot xizmati xabar berdi.
Kanada Tashqi ishlar vaziri Duglas Nikolson Ukraina prezidenti bilan uchrashuv davomida shu haqda ma'lum qildi.
“Kanada Tashqi ishlar vaziri uning mamlakati Ukrainani qo‘llab-quvvatlashni davom ettirishini ta'kidlab o‘tdi. Xususan, Ukrainaga insonparvarlik maqsadlari va demokratik institutlarni rivojlantirish uchun 30 mln Kanada dollari ajratish rejalashtirilmoqda”, deb ta'kidlab o‘tildi Ukraina prezidenti matbuot xizmatida.