Sport | 06:48 / 12.05.2015
1846
1 daqiqa o‘qiladi

"Krasnodar" o‘z maydonida "Amkar"ni mag‘lub eta olmadi

Kubanning "Krasnodar" jamoasi Rossiya chempionatining 27-turi doirasida o‘z uyida "Amkar"ni qabul qildi va 1:1 hisobidagi durang natijasini qayd etdi.
O‘yinning 8-daqiqasida Maurisio Pereyra hisobni ochdi. 23-daqiqada mehmonlar vakili Yanush Gol javob goliga mualliflik qildi.
Ikkinchi taymda, o‘yinning 64-daqiqasida Pereyra yana bir gol urishi va jamoadoshlariga g‘alaba taqdim qilishi mumkin edi. Ammo u 11 metrlik jarima zarbasini aniq amalga oshira olmadi.
Bu o‘yindan keyin "Krasnodar" "TsSKA"dan ilgarilab keta olmadi. Turnir yakunlanishiga 3ta o‘yin qolgan vaqtda Odil Ahmedov va uning jamoadoshlari 55 ochko bilan ikkinchi o‘rinda borishmoqda. "TsSKA" hisobida esa 53 ochko mavjud.

«Krasnodar» — «Amkar» 1:1
Gollar: Pereyra, 9 (1:0); Gol, 23 (1:1).
Amalga oshirilmagan penalti: Pereyra, 64 .
Ogohlantirishlar: Kaleshin, 25; Laborde, 83; Sigurdsson, 90+5 — Batov, 88.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish