21:06 / 12.05.2015
1572

O‘FF hakamlar va inspektorlar departamenti o‘quv-tekshiruv seminar tashkil etdi

Bugun O‘zbekiston Futbol Federatsiyasi majlislar zalida O‘FF hakamlar va inspektorlar departamenti Oliy va 1-liga hakamlari uchun o‘quv-tekshiruv seminar tashkil etdi.

Seminarda xorijda xizmat safarida  bo‘lgan referilardan boshqa barcha hakam va inspektorlar ishtirok etdi.
O‘quv-seminari Oliy va 1-liga doirasidagi mavsum avvalida bo‘lib o‘tgan o‘yinlarda hakamlarning harakati, yo‘l qo‘ygan xato va kamchiliklariga bag‘ishlangan taqdimotlar bilan boshlandi. Hakam va inspektorlar seminar davomida O‘zbekiston futbol mavsumining o‘yinlarini videomateriallar asosida tahlil qildilar.
FIFA va OFK instruktori Farhod Abdullayev videokliplar asosida hakamlarning xatolarini tahlil qilib berdi hamda har bir vaziyat borasida hakamlar bergan savollarga ham javob berib o‘tdi.

FIFA referisi Vladislav Tseytlin videokliplar asosida o‘yindan tashqari holatni qayd etishdagi xatolar haqida to‘xtalib, turli o‘yinlardagi offsayd holatlarini tahlil qilib berdi. Ushbu mavzuni davom ettirgan O‘FF instruktori Aleksandr Popov ofsaydni qayd etishda yon qanot hakamlari yo‘l qo‘ygan xatolar haqida tahliliy chiqish qildi. Popov, shuningdek, to‘pni qo‘l bilan o‘ynash bilan bog‘lik muammoli vaziyatlarni ham tahlil qilib berdi.

PFL bosh direktori Farhod Magametov o‘z nutqida hakamlar va inspektorlarga nisbatan o‘yinlar javomida nosenzur so‘zlar bilan haqorat qiladigan murabbiylarga qattiq turish kerakligini tayniladi. 

Top