Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Poroshenko Facebook rahbaridan Ukrainada vakolatxona ochishni so‘radi
Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko Facebook rahbari Mark Tsukerbergdan Ukrainada ijtimoiy tarmoqning vakolatxonasini ochishni so‘radi.
Avvalroq, Tsukerberg Facebook foydalanuvchilaridan unga ularni qiziqtirayotgan savollarni berishni taklif qilgan edi.
“Hurmatli Mark Tsukerberg! Biz global ofislarning javobini olish uchun barcha kanallardan foydalanishimiz kerak. Ukraina Facebook ning mamlakatdagi vakolatxonasiga ega bo‘lishi kerak!”, deb yozdi Poroshenko o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.
Ukrainada hukumat o‘zgargandan keyin hukumat tepasiga kelgan ko‘pchilik siyosatchilar ijtimoiy tarmoqlardan faol foydalanishni boshladilar. Ulardan ko‘pchiligi Facebook ga afzallik berishadi. Ukraina Ichki ishlar vaziri Arsen Avakov va uning maslahatchisi Anton Gerashchenko, endilikda Ukrainaning favqulodda vaziyatlar davlat xizmati sobiq rahbari Zoryan Shkiryak, Donbassdagi maxsus operatsiya kuchlari vakillari va boshqalar o‘zlarining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarida muhim axborotlarni chop etib boradi.