06:28 / 12.05.2015
5067

Ramzon Qodirov "Spartak" darvozasiga 2 gol urgan "Terek" futbolchisiga avtomobil sovg‘a qildi

"Terek" jamoasi vitse-prezidenti Haydar Alixonov grozniyliklar jamoasi futbolchilari Moskvaning "Cpartak" jamoasi ustidan 4:2 hisobida g‘alaba qozonilgandan keyin mukofotlanishgani haqida ma'lum qildi.

Rossiya chempionatining 27-turi doirasida "Spartak" darvozasiga 2ta gol yo‘llagan Ablayye Mbenge esa qo‘shimcha mukofot ham olgan. Unga Checheniston prezidenti Ramzan Qodirov Toyota Corolla avtomobili hadya qilgan. 

"Terek" futbolchilari "Spartak" ustidan g‘alaba qozongandan keyin Checheniston rahbari tomonidan barcha futbolchilarga pul mukofotlari topshirildi. Ablayye Mbenge esa Toyota Corolla mashinasiga ega bo‘ldi", deb ma'lum qildi Alixonov "Chempionat.com" nashriga.

Qayd etish joizki, "Terek" bu g‘alabadan keyin o‘z ochkolari sonini 36taga yetkazgan va turnir jadvalining sakkizinchi pog‘onasiga joylashgan.

Top