22:27 / 12.05.2015
3077

Samarqandda yangi yirik poliklinika qurildi

Samarqandning Sartepa dahasida yangi poliklinika binosi foydalanishga topshirildi. Ushbu tibbiyot muassasi investitsion dastur doirasida qurildi. Qurilish-montaj ishlariga 1 mlrd 115 mln so‘m ajratildi.  

Bino 100 mln so‘mlik yangi zamonaviy tibbiyot uskunalari va mebel jihozlari bilan jihozlandi. Ayni paytda muassasada 31 nafar umumiy amaliyot shifokori va 98 nafar o‘rta bo‘g‘in tibbiyot xodimlari faoliyat ko‘rsatmoqda.

Samarqand aholisi o‘rtasida 12 ming 884 nafar 14 yoshgacha bolalar, 11 ming 742 nafar tug‘ruq yoshidagi ayollar mavjud.

Top