Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yurtimiz banklari to‘lov terminallari miqdorini 180 mingtagacha oshiradi
O‘zbekistonda chakana savdo va xizmat ko‘rsatish obektlarida bank plastik kartalari bilan to‘lovni amalga oshirish terminallari miqdori joriy yilning oxiriga qadar 180 ming donagacha oshiriladi.
Naqdsiz shakldagi to‘lov tizimini kengaytirish O‘zbekiston Prezidenti tomonidan 2015 yil 6 mayda qabul qilingan “Tijorat banklarining moliyaviy barqarorligini yanada oshirish va ularning resurs bazasini rivojlantirish chora-tadbirlari” qarorida ko‘zda tutilgan.
Ayni paytda plastik kartalarga xizmat ko‘rsatish terminallari bilan 163 mingdan ziyodroq chakana savdo va xizmat ko‘rsatish korxonalari jihozlangan.
Qarorda shahar va tumanlarda to‘lov terminallari bilan majburiy tarzda jihozlangan zamonaviy chakana savdo obektlari tarmog‘ini kengaytirish haqida ham so‘z yuritilgan.