21:36 / 12.05.2015
1408

Jardim “Monako” bilan shartnomani 2019 yilgacha uzaytirdi

“Monako” bosh murabbiyi Leonardu Jardim klub bilan shartnomasini uzaytirdi.

Portugaliyalik mutaxassisning monegasklar bilan yangi kelishuvi 2019 yilgacha mo‘ljallangan. 

Eslatib o‘tamiz, Jardim “Monako”ga o‘tgan yozdan beri murabbiylik qiladi. Klub uning qo‘l ostida joriy mavsumda Chempionlar Ligasining chorakfinal bahsigacha yetib keldi, Fransiya chempionati yakunlanishiga ikki tur qolganda musobaqa jadvalida 3-o‘rinni egallab turibdi.   

Top