Texnologiya | 09:54 / 13.05.2015
2299
1 daqiqa o‘qiladi

“Fukusima”ning birinchi reaktori yadroviy yoqilg‘idan tozalandi

“Fukusima” atom elektr stansiyasining avariya natijasida zararlangan to‘rt reaktoridan biri radioaktiv yoqilg‘idan tozalandi.
Agence France-Presse agentligining ma'lum qilishicha, zararlangan binodan 1 500 yoqilg‘i sterjeni chiqarib olingan.
Bu avariya oqibatlarini bartaraf qilish bo‘yicha tashlangan jiddiy qadam bo‘ldi, ammo qolgan uchta reaktorni ham tozalash galdagi maqsadlardir. Ekspertlarning fikriga ko‘ra, bu ishni amalga oshirish uchun bir necha o‘n yil sarflanishi mumkin.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish