Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Makkeyn rasmiy Vashingtonni arab davlatlarini “sotib olish”da aybladi
Senator Jon Makkeyn Sputnik agentligiga bergan intervyusida rasmiy Vashington Fors ko‘rfazi arab davlatlari hamkorligi Kengashini sotib olishga harakat qilishini ma'lum qildi. Uning fikricha, Oq Uy shu yo‘l bilan Eron yadroviy dasturi bo‘yicha arab davlatlarining qo‘llab-quvvatlashiga erishmoqchi.
“O‘ylashimcha, Obama ma'muriyati poraxo‘rlikning har qanday shakliga murojaat qilishga tayyor. Ammo bu sohada baribir muvaffaqiyatga erisha olmasa kerak, negaki arab davlatlari Eron bilan kelishuvni o‘z xavfsizliklariga tahdid deb biladi”, – ta'kidlab o‘tdi senator.