22:56 / 13.05.2015
1936

O‘zbekiston Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligida Yaponiya elchisi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

13 may kuni Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligida Yaponiyaning O‘zbekiston Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Fumixito Kato bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv mobaynida O‘zbekiston Respublikasi va Yaponiya o‘rtasidagi o‘zaro manfaatli savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va moliya-texnikaviy hamkorlik doirasidagi dolzarb mavzular muhokama qilindi. 

Asosiy e'tibor 26-28 yanvar kunlari Tokio shahrida bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston-Yaponiya va Yaponiya-O‘zbekiston iqtisodiy hamkorlik qo‘mitasining o‘n ikkinchi yig‘ilishidagi kelishuvlarning amalga oshirilishi, hamda O‘zbekiston iqtisodiyotining yuqori texnologik tarmoqlariga, hamkorlikda yangi istiqbolli loyihalarni ishlab chiqish masalalariga qaratildi.

Top