20:16 / 13.05.2015
2391

O‘zbekistonda 2008 yildan buyon oziq-ovqat sanoatiga 900 mln dollar kiritildi

2008 yildan buyon O‘zbekistonda oziq-ovqat sanoatiga yo‘naltirilgan investitsiyalarning umumiy hajmi 900 mln dollardan oshib ketdi. Bu haqda O‘zbekiston oziq-ovqat sanoati korxonalari uyushmasining 12 may kuni Toshkentda bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida bayonot berildi.

O‘tgan davr mobaynida 400 mln tonna mahsulot ishlab chiqarishga mo‘ljallangan yangi yo‘nalishlar ochilib, 45 ming yangi ish o‘rni tashkil etildi. Oziq-ovqat sanoati respublika sanoatining umumiy hajmidan 16 foiz ulush egallaydi.

Shuningdek, joriy yilning birinchi choragida oziq-ovqat sanoati korxonalari 2.9 trln so‘mlik mahsulot ishlab chiqarib, 2014 yilning shu davridagi ko‘rsatkichiga nisbatan 14.8 foiz o‘sishga erishgani ma'lum qilindi.

Top