Jahon | 08:32 / 13.05.2015
2946
1 daqiqa o‘qiladi

Putin: Rossiya Arktikada xavfsizlik darajasini oshirdi

Rossiya tomonidan Shimoliy flotning yaratilishi Arktikada xavfsizlik darajasini oshirdi. Bu haqda Rossiya prezidenti Vladimir Putin mudofaa sanoati kompleksi rivojlantirish bo‘yicha yig‘ilishda bayon etdi.
“Shimoliy flot negizida Birlashgan strategik qo‘mondonlikning tashkil qilinishi Arktikada xavfsizlik darajasini oshirdi hamda Rossiya uchun muhim bo‘lgan bu mintaqada harbiy infrastrukturaning zamonaviylashuviga xizmat qildi”, – uning so‘zlarini keltiradi TASS agentligi.
Shuningdek, Rosreyestr tashkiloti Arktika milliy atlasini yaratish uchun 10 mln rubl sarflashi aytildi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish