Jahon | 17:29 / 13.05.2015
1853
1 daqiqa o‘qiladi

Qozog‘istonga notijoriy maqsadlarda olib kirilishi mumkin bo‘lgan mahsulotlar soni belgilab beriladi

Qozog‘istonga notijoriy maqsadlarda olib kirilishi mumkin bo‘lgan mahsulotlar soni belgilab beriladi. Bu haqda Ostonada tashkil etilgan brifing chog‘ida Davlat daromadlari qo‘mitasi vakili Jambul Surag‘anov bayonot berdi.

“2 maydan moliya vazirining “Bojxona ittifoqi bojxona chegaralari orqali jismoniy shaxslar tomonidan olib o‘tiladigan mollarni shaxsiy foydalanish mollari sirasiga kiritish kriteriylari to‘g‘risida”gi buyrug‘i kuchga kirdi, – ma'lum qildi u. – Bu buyruq Bojxona ittifoqi bojxona chegaralari orqali jismoniy shaxslar tomonidan shaxsiy foydalanish mollari olib o‘tilishi paytida yuzaga keladigan munosabatlarni tartibga soladi”.

Shasxiy foydalanish kategoriyasiga kiritilgan mollar bir juftdan bir nom ostidagi kiyim-kechak, poyafzal, oqliklar, gilamlar, atir-upa, planshetlar, portativ texnika va elektron uskunalar, telefonlar, oziq-ovqat mahsulotlari va hokazolardan iborat.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish