12:36 / 13.05.2015
5137

Toshkentning Sebzor ko‘chasidagi avtomobillar qatnovi soatiga 9,8 ming mashinagacha ortdi

Toshkentning Sebzor ko‘chasi va Abdulla Qodiriy ko‘chalari kesishmasida bunyod etilgan 6 polosali yangi ko‘prik ochilishi munosabati bilan Sebzor ko‘chasidagi avtomobillar qatnovi soatiga 3,2 ming mashinadan 9,8 ming mashinagacha, Abdulla Qodiriy ko‘chasidagi avtomobillar qatnovi esa soatiga 2,4 ming mashinadan 5,6 ming mashinagacha ortdi.

Ta'kidlash joizki, bu hududda birorta ham svetofor o‘rnatilmagan. Yaratilgan qulayliklar natijasida bu yerda yo‘lovchilar ham, avtomobillar ham beto‘xtov harakat qilishlari mumkin.

Ko‘prikning ikki chetidan yo‘lovchilar uchun uzunligi 102 va 111 metrni tashkil qiladigan ikkita yopiq estakada (yo‘lovchilar o‘tish joyi) qurildi. Bu estakadalarda chiqish va tushishni osonlashtirish uchun an'anaviy zinalardan tashqari eskalator va liftlar ham o‘rnatildi. Shuningdek, Sebzor ko‘chasidan uzunligi 98 metrni tashkil qiladigan yerosti yo‘lovchilar o‘tish joyi barpo etildi.

Top