Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ukraina Radasi harbiy vaziyat haqidagi qonunni ma'qulladi
Ukraina parlamenti prezident Pyotr Poroshenko tomonidan taklif qilingan “Harbiy vaziyatning huquqiy maqomi to‘g‘risida”gi qonunni ikkinchi o‘qishda qabul qildi. TASS agentligining ma'lum qilishicha, loyihani 254 deputat ma'qullagan.
Hujjatda, xususan, Ukraina hududida istiqomat qilayotgan Rossiya fuqarolarini qurolsizlantirishni ko‘zda tutadi. Bundan tashqari, qonun boshqaruv organlariga kirish va chiqishning alohida rejimini o‘rnatish, odamlar va transportning harakatlarini chegaralash singari huquqlar beradi.
Hujjat ilovasida yozilishicha, harbiy vaziyat hukm surgan chog‘da Ukrainaga qarshi agressiya amalga oshirayotgan chet el fuqarolarini qo‘lga olish va qurolsizlantirish singari choralar ko‘rish mumkin.
Shuningdek, urush holati e'lon qilingan vaziyatda mehnatga layoqatli aholining majburiy mehnatga jalb qilinishi, mulkning majburiy tarzda davlat hisobiga o‘tkazilishi, mitinglarni va siyosiy partiyalar faoliyatini cheklash singari holatlar qonunda aks etgan.
Eslatib o‘tamiz, qonun loyihasi Poroshenko tomonidan 3 aprel kuni Radada ro‘yxatdan o‘tkazilgan edi.