02:03 / 13.05.2015
1639

Xavi Chempionlar ligasida 150ta o‘yin o‘tkazgan birinchi o‘yinchiga aylandi

"Bavariya" hamda "Barselona" o‘rtasida kechgan javob uchrashuvida Inesta o‘rniga maydonga tushgan Xavi o‘zining chempionlar ligasidagi 150-uchrashuvini o‘tkazdi.

35 yoshli ispaniyalik futbolchiga bunday natijaga erishgan ilk futbolchi bo‘ldi. 

Eslatib o‘tamiz, bu natijani ertaga, 13 may kuni "Yuventus"ga qarshi kechadigan uchrashuvda "Real" darvozaboni Iker Kasilyas takrorlashi mumkin. Hozirda ispaniyalik darvozabon hisobida 149ta uchrashuv bor. 

Top