02:33 / 14.05.2015
2059

“Manchester Yunayted” o‘yinchisining uyida yong‘in sodir bo‘ldi

“Manchester Yunayted” klubi yarimhimoyachisi Kris Smolingning uyida yong‘in sodir bo‘ldi, deb xabar bermoqda Daily Mail nashri.

12 may kuni futbolchining uyi joylashgan hududni nazorat kilayotgan politsiya xodimlari Smolingning Boudondagi uyi hovlisidan tutun chiqayotganini payqab qolishgan. Politsiyachilar bog‘da ishlatiladigan shlang yordamida mustaqil ravishda olovni o‘chirishga harakat qilishgan.

Yong‘in jakuzining elektr tizimidagi muammo sababli chiqqan bo‘lishi mumkinligi taxmin qilinmoqda. Futbolchining o‘zi bu paytda uyda bo‘lmagan.

Top