18:52 / 14.05.2015
2169

«Barselona» vitse-prezidenti Xaver Faus kataloniyaliklar legionerlar uchun eng qulay moliyaviy takliflar bera olmasligini ma'lum qildi

Kataloniyaning «Barselona» klubi birinchi vitse-prezidenti Xaver Faus futbolchilarga ba'zida transfer oynasi paytidagi raqobatdosh klublar kabi moliyaviy qulay takliflar bera olmasligini tan oldi.

«Hozirgi vaqtda «Barselona» «Chelsi» va «PSJ» kabi klublardek futbolchilarga to‘layotgan maoshni taklif qila olmaydi».

«Futbolchilar o‘z oyliklarini Ispaniyadagi Yevropa bo‘yicha eng baland soliq tizimi bilan solishtirib ko‘rishlari kerak. Barselonada bu ko‘rsatkich 56 foizni, Madridda esa 52 foizni tashkil qiladi».

«Bunday holatlarda futbolchilar APL va bundesliga klublarining shartlari bilan bizning shartlarni solishtirib ko‘rishadi. Natijada bizning xarajatlar keskin oshib ketadi. Bunday paytda raqobat uchun futbolchilar oyliklarini oshirishimizga to‘g‘ri keladi. Ha, biz aynan pulli masalalar yuzasidan ko‘plab futbolchilarni yo‘qotamiz».

«Futbolchilarning karerasi qisqa bo‘ladi va ular o‘zlari xohlagan maoshni to‘lay oladigan jamoalarni tanlashga haqli. Biz ularga xohishlarining yarmini taklif qilib ushlab qolishimiz qiyin», deya Fausning so‘zlaridan iqtibos keltiradi Football Espana nashri.

Top